G‘arbiy Osiyo chempionatida 53 nafar yosh shaxmatchimiz qatnashmoqda
Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi “Solemar” markazida 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Shri-Lanka, O‘mon, Bangladesh, Hindiston hamda FIDE bayrog‘i ostidagi Rossiyadan jami 300 nafarga yaqin yosh shaxmatchilar rapid va blits yo‘nalishlarida g‘oliblik yo‘lida kurash olib borishmoqda.

Mazkur chempionatda vatanimiz sharafini 53 nafar yosh “aql gimnastikasi” vakillari himoya qilishayapti.

Musobaqalar 10 iyulga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA