Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘arbda Uchinchi jahon urushidan xavotir kuchaymoqda
19:14 / 2026-02-14

“Politico” so‘rovi natijasi G‘arb mamlakatlarida Uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligidan xavotir kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Masalan, AQSHda so‘ralganlarning 46 foizi 2031-yilga kelib global mojaro yuz berishiga ishonadi. Buyuk Britaniyada esa bu ko‘rsatkich 43 foizni tashkil qilgan. Faqat Germaniyada so‘rovda qatnashganlarning aksari bunga shubha bilan qaragan.

Ta’kidlanishicha, Yevropada ko‘pchilik Rossiyani tinchlikka asosiy tahdid sifatida ko‘radi. Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya jamoatchiligi ikkinchi jiddiy tahdid sifatida Xitoydan ko‘ra ko‘proq AQSHni belgilagan.

Shuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada aholisining kamida uchdan bir qismi keyingi besh yil ichida yadroviy quroldan foydalanilishi ehtimoli borligiga ishonmoqda.

S.Rahimov, O‘zA