Gʻarb va Sharq adabiyotida insonning magʻlubiyatdagi gʻalabasi (“Chol va dengiz” va “Jimjitlik” asarlari misolida)
Akbarxon ASROROV dotsent Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Samarqand, O‘zbekiston Odina ERGASHEVA Talaba Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Samarqand, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada Gʻarb va Sharq adabiyotida insonning magʻlubiyatdagi gʻalabasi masalasi adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” va Said Ahmadning “Jimjitlik” romanlarida qahramonlarning zohiriy magʻlubiyati hamda ruhiy gʻalabasi badiiy vositalar orqali ifodalanadi. Shuningdek, insonning sabr, iroda va ma'naviy qudratini namoyon etishini ifoda qiluvchi mushohadalar oʻrtaga tashlanadi. Gʻarb va Sharq adabiyotida zohiriy tashqi yengilish farq qilsa-da, ruhiy gʻalaba mohiyati bir xil boʻlib, bu insonning ichki kuchi va ruhiy yuksalishi orqali namoyon boʻladi.
Tayanch soʻzlar: magʻlubiyat, gʻalaba, inson ruhiyati, Xeminguey, Said Ahmad, Gʻarb va Sharq adabiyoti.