Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘arb Rossiya va KXDR yaqinlashuvidan xavotirda
20:51 / 2024-06-21

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya Federatsiyasi va Shimoliy Koreya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganiga izoh berar ekan, bu G‘arbni “yana ham jipslashishga” undashi kerakligini aytdi.

– Ushbu shartnoma tomonlar bir-birini qanday qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatib turibdi, – dedi Stoltenberg Kanadaga tashrifi chog‘ida. – Rossiya, Shimoliy Koreya, Xitoy va Eron birlashayotganiga javob tariqasida biz ham tobora jipslashishimiz kerak. Bu hozir har qachongidan ham muhim.