Ganiyev Suxrob Zokirovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Perkutan nefrolitotripsiyada bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash” mavzusida
Ganiyev Suxrob Zokirovichning 14.00.37 - “Anesteziologiya va reanimatologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Perkutan nefrolitotripsiyada bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Bolalar milliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 24-oktyabr kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani. Parkent ko‘chasi, 294-uy. Bolalar milliy tibbiyot markazi.
Tel/faks.: (+99855) 503-03-66
e-mail: ilmiy.kengash@bmtm.uz