Gandbolchilarimiz Senegal terma jamoasini mag‘lub etdi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun ayollar o‘rtasidagi gandbol bo‘yicha musobaqada vakillalarimiz muvaffaqiyat qozondi. Terma jamoamiz a’zolari Senegal bilan bo‘lgan uchrashuvda 28:27 hisobida ustun keldi.
Bu gandbolchi qizlarning ilk uchrashuvi edi. Navbatdagi bosqich bellashuvlarida ham ularga omad tilaymiz.
Muhammad AMIN (surat) O‘zA