Gandbolchilarimiz Osiyo chempionatining bronza medali uchun kurashadi
Qozog‘istonning Almati shahrida gandbol bo‘yicha ayollar klublari o‘rtasida o‘tkazilayotgan VII Osiyo chempionatning yarim final bahslari yakunlandi.
Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahslarda Qozog‘istonning “Qaysar” va “Do‘stlik” jamoalari chempionlik uchun, mamlakatimizning “O‘zbechka” hamda Hindistonning “Golden Iglz Bxarat” jamoalari bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Chempionatning g‘olib va sovrindorlarini aniqlaydigan uchrashuvlar 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA