Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchilarimiz klublar o‘rtasidagi qit’a chempionatida qatnashmoqda
09:51 / 2024-09-20

Bugun, 20 sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida gandbol bo‘yicha ayollar klublari o‘rtasida VII Osiyo chempionati musobaqalari boshlandi.

Mazkur nufuzli musobaqaga 2016 yili asos solingan bo‘lib, o‘tgan yillar davomidagi bahslarda ikki marta Qozog‘istonning “Qaysar” va Janubiy Koreyaning bir marta "Sugar gliders” klublari, shuningdek, bir martadan “Olmaota” (Qozog‘iston), AGMK (O‘zbekiston) jamoalari chempionlikka erishgan. Bu galgi chempionat bahslarida Quvayt, Hindiston va O‘zbekistonning bittadan, Qozog‘istonning 2 ta gandbol klubi ishtirok etmoqda.

Kecha bahslar oldidan tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “O‘zbechka” jamoasi bugun o‘tadigan ilk o‘yinda Hindistonning “Golden Iglz Bxarat” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bahslar 29 sentyabrga qadar davom etadi.

Bugun mazkur chempionat doirasida Olmaotada gandbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida joriy yilning 1-12 dekabr kunlari o‘tadigan XX Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi tashkil etiladi. Qur’aga ko‘ra, 10 ta jamoa dastlabki bosqichda har biri 5 tadan ikki guruhga taqsimlanadi.

Quyida jamoalarning savatchalardagi joylashuvi bilan tanishing:

1-savat: Qozog‘iston, Janubiy Koreya.

2-savat: Yaponiya, Xitoy.

3-savat: Eron, Hindiston.

4-savat: O‘zbekiston, Gonkong (Xitoy).

5-savat: Avstraliya, Singapur.

T. Ro‘ziyev, O‘zA