Gandbolchilarimiz Kipr va Qozog‘iston jamoalarini mag‘lub etdi
Kiprda gandbol bo‘yicha 2010-2011 yilda tug‘ilganlar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirning ikkinchi kungi bahslarida mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatga erishdi.
Yoshlarimiz ikkinchi davra bahsida Qozog‘iston jamoasiga qarshi maydonga tushib, 28:16 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi davra o‘yinlarida turkiyalik tengqurlariga imkoniyatni boy bergan gandbolchi qizlarimiz ikkinchi davrada g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi.
Mahalliy ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlashiga qaramasdan hamyurtlarimiz Kosovo jamoasini 34:12 hisobida dog‘da qoldirdi.
Turnirning g‘olib va sovrindorlari 31 yanvarda aniqlanadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA