French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchilarimiz Kipr turnirida qatnashmoqda
14:33 / 2026-01-26

Gandbol bo‘yicha 2010-2011 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston yoshlar va qizlar terma jamoalari Kiprda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Yoshlarimiz xalqaro turnirning ilk bahsida Kosovo jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o‘yinda hamyurtlarimiz 34:27 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston qizlar jamoasi turnirning dastlabki bahsida musobaqaning eng kuchli terma jamoalaridan biri - Turkiya gandbolchilariga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi. Biroq, Yevropa maydonlarida katta o‘yin amaliyotiga ega Turkiya jamoasi yakunda 31:28 hisobida ustunlikka ega bo‘ldi.

Xalqaro turnir musobaqalari 31 yanvarga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA