Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchilarimiz jahon chempionatiga boradi
20:52 / 2024-03-03

Poytaxtimizda gandbol bo‘yicha “IHF Trophy” turnirining qit’alararo bosqichi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston “U20” jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz  finalda Buyuk Britaniya termasiga qarshi so‘nggi hal qiluvchi final bahsida o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur bahsda gandbolchilarimiz 33:23 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal bilan birga ushbu yosh toifasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.  

Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi bronza medali uchun kechgan bellashuvda Yangi Kaledoniya ustidan 24:18 hisobida zafar quchdi  va shohsupaning uchinchi o‘rnidan joy oldi.

[gallery-16200]

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA