Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchilarimiz "ASTANA SUP" g‘olibi
10:19 / 2025-12-18

Qozog‘istonning Ostona shahrida gandbol bo‘yicha 2010-2011 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan "ASTANA SUP" xalqaro turnirida mamlakatimiz vakillari shohsupaning eng yuqorisidan joy egalladi.

Qozog‘iston viloyat jamoalari, Rossiya terma jamoasi ishtirok etgan turnirda O‘zbekiston yoshlar jamoasi hamda Namangan viloyati yosh gandbolchilari aylanma tizimdagi bahslarda g‘oliblikka da’vogarlik qildi.

Dastlabki 3 ta o‘yinda raqiblarini mag‘lub etgan mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi yarim finalda Rossiya jamoasini dog‘da qoldirdi.

Hal qiluvchi final o‘yinida qozog‘istonlik gandbolchilardan ustunlikka erishgan hamyurtlarimiz turnir g‘olibligini tantana qildi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA