Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchilarimiz “51th Interamnia World Cup” musobaqasi finaliga yaqinlashmoqda
09:36 / 2024-07-12

Italiyaning Teramo shahrida gandbol bo‘yicha “51th Interamnia World Cup” musobaqasining guruh bosqich o‘yinlari O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mahoratli gandbolchilarimiz kecha “V” guruhida o‘tkazilgan so‘nggi tur o‘yinlarida avvaliga Liviyaning “Omar Abou” klubi vakillari bilan kuch sinashdi. G‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyish etgan o‘zbekistonlik gandbolchilar 27:19 hisobida zafar quchdi.  

Shundan so‘ng guruh bosqichining oxirgi ikki uchrashuvida hamyurtlarimiz Jazoirning “Crea Yel Harrouch” va Fransiyaning HC “Aix en Savoie” jamoalari bilan kuch sinashdi.  

“51th Interamnia World Cup” kashfiyotiga aylangan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi har ikki jamoadan ham ustun keldi.  

Ayniqsa, kuchlilar qatorida tasniflangan Fransiyaning HC “Aix en Savoie”  jamoasini 32:19 hisobida dog‘da qoldirgani musobaqaning shov-shuvli uchrashuvi, deya talqin etildi.  

Nufuzli musobaqaning guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlagan o‘zbekistonlik yoshlar ertaga keyingi bosqich bashlarida maydonga tushadi.  

Musobaqaning final o‘yinlari 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi  

T.Ro‘ziyev, O‘zA