Gandbolchilar Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan turnirda qatnashdi
Poytaxtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab gandbol bo‘yicha 2006-2008-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘rtasida respublika ochiq xotira turniri yakunlandi.
Murosasiz o‘tgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musabaqalarda 1-o‘rinni Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi egalladi. Keyingi o‘rinlar Mirobod va Sirdaryo jamoalariga nasib etdi.

Qizlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarda ham Respublika olimpiya va paralimpiya jamoasi g‘oliblikka erishgan bo‘lsa Sirdaryo va Mirobod vakillari keyingi qatorlarni band etishdi.


Mazkur musobaqa gandbolchilar uchun joriy yil iyun oyida Rossiyaning Tolyatti shahrida bo‘ladigan XXII xalqaro turnirga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA