French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchi qizlarimiz xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini yakunlashdi
10:01 / 2019-02-24

Joriy yilning 9-23 fevral kunlari gandbol boʻyicha Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi Rossiyaning Tolyatti shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazdi


Joriy yilning 9-23 fevral kunlari gandbol boʻyicha Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi Rossiyaning Tolyatti shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

“Jamoamiz bilan Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy va sportchi Olimpiada chempioni Pavel Sukasyan, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Nina Saveleva, Dimitriy Savelev, Igor Shkrobot, Xalqaro gandbol federatsiyasi lektori Viktor Poladenko hamda Rossiya gandbol federatsiyasi ijroqoʻmi aʼzosi Andrey Stepanov mashgʻulot olib borishdi“ deyiladi xabarda.

photo_2019-02-16_14-26-09.jpg

Ushbu oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qizlarimiz uchun joriy yilning aprel oyida Livanning Beyrut shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgar koʻrishdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida Singapurda oʻtkazilgan gandbol boʻyicha Janubiy-Sharqiy Osiyo ochiq chempionatida oʻzbekistonlik gandbolchi qizlar birinchi, yigitlar ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi.