Tailandning Pattayya shahrida gandbol bo‘yichaTailand o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo qit’asi bosqichida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatga erishdi.
Turnirda 9 ta jamoa uch ta guruhda bahs olib bordi. “A” guruhida Tailand, Hindiston, Malayziya jamoalari, “V” guruhida O‘zbekiston gandbolchi qizlari Vetnam va Gonkong bilan, “S” guruhida Xitoy Taypeyi, Turkmaniston va Indoneziya jamoalari kuch sinashdi.

Mazkur nufuzli musobaqada Pokiston davlatining Faysalobod shahrida uyushtirilgan III Markaziy Osiyo bosqichi g‘olibi sifatida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tgan turnir davomida Gonkong (48:16) va Vetnam (51:18) jamoalarini yengib, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi va 1-3 o‘rinlar uchun kurashni davom ettirdi.
Kecha Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo qit’asi bosqichi finalida terma jamoamiz a’zolari Hindiston jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Murosasiz o‘yinning asosiy vaqtida tomonlar 38:38 hisobida murosa yo‘lini tanlashdi. Qo‘shimcha taymning shiddatli bahsida yurtimiz gandbolchilari bir ochko farqi bilan, ya’ni 48:47 hisobida zafar quchib, jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli musobaqa joriy yilning 17-22 noyabr kunlari tashkil etildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA