Gandbolchi qizlarimiz “Paris World Games” g‘olibi
Fransiyaning Parij shahrida bir necha kun davom etgan “Paris World Games” turnirida mamlakatimiz gandbolchilari g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Kecha O‘zbekiston U-18 qizlar terma jamoasi Parijdagi “Per De Kuberten” nomidagi stadionda Fransiyaning “Dole-Choussin” jamoasi bilan final bahsida g‘oliblik uchun bellashdi.

2008-2009 yillarda tug‘ilgan mahoratli gandbolchi qizlardan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi mazkur nufuzli musobaqada ilk bor qatnashganiga qaramay, “Dole-Choussin” jamoasini 29:11 hisobida mag‘lub etdi va haqli ravishda U-18 yosh toifasida “Paris World Games” g‘olibiga aylandi.
Aytish lozim, iste’dodli gandbolchilarimiz Parij turnirida g‘oliblik yo‘lida Braziliya terma jamoasini 32:14, Fransiyaning “Dole-Choussin” jamoasini birinchi bahsda 22:8, “Volenseiennes Handball”ni 24:17, “Pays De Lesneven Handball”ni 18:9 hisobida dog‘da qoldirdi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA