Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchi qizlarimiz jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi
09:55 / 2025-08-26

Poytaxtimizdagi “Alpomish” sport saroyida gandbol bo‘yicha U19 yosh toifasida qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

O‘tkazilgan 3 ta turda zafar quchib, “A” guruhida 2-o‘rinni egallagan O‘zbekiston qizlar terma jamoasi 1/2 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish asnosida kelgusi yili o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

“A” guruhining so‘nggi 4-turida O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari ro‘baro‘ keldi. Shiddatli kechgan o‘yinning 1-bo‘limida 16:13 hisobida xitoyliklar zafar quchdi. Ikkinchi bo‘limda hamyurtlarimiz o‘yinda ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, hisobda 1 ta to‘p farqi bilan mehmonlarga yutqazdi. Yakunda Xitoy terma jamoasi 29:25 hisobida guruhda 1-o‘rinni, hamyurtlarimiz 2-o‘rinni egalladi. Ushbu ko‘rsatkich o‘z-o‘zidan chin yurti vakillari bilan birga o‘zbekistonlik gandbolchi qizlarga jahon chempionatida ishtirok etish huquqini taqdim etdi.

Chempionatning “B” guruhidagi 4-tur o‘yinlarida Eron Qirg‘izistonni 77:12, Janubiy Koreya vakillari Yaponiyani 23:21 hisobida dog‘da qoldirdi. Ushbu natijalardan keyin guruhda Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari 1/2 final chiptasi hamda jahon chempionati yo‘llanmalari sohibi bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni 9-10 va 5-8 va 1-4 o‘rinlar uchun saralash musobaqalari o‘tkazilsa, 29 avgust kuni 7-8, 5-6, 3-o‘rin hamda final bahslari tashkil etiladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA