Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchi qizlarimiz Belarus jamoasini o‘z maydonida mag‘lub etdi
09:49 / 2025-06-12

Belarus davlatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston yoshlar va qizlar terma jamoalari kecha ushbu mamlakat jamoalari bilan nazorat o‘yinlarida maydonga tushdi.

O‘zbekiston gandbolchi qizlar jamoasi Belarus yoshlar terma jamoasiga qarshi munosib raqobat ko‘rsatdi.

Yevropa sport maydonlaridagi musobaqalarda, xalqaro turnirlarda ishtirok etib kelayotgan belaruslik gandbolchi qizlar jamoasi tajriba borasida hamyurtlarimizdan bir oz ustunlikka ega bo‘lsa-da, hamyurtlarimiz g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi.

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi bosh murabbiyi Zinaida Penkova va katta murabbiy Zafarbek Azimovning ko‘rsatma va yo‘l-yo‘riqlarini bexato bajargan yosh gandbolchilarimiz 31:28 hisobida raqiblarini o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchratdi. Terma jamoamiz a’zosi Sarbinaz Saparbayeva uchrashuvning eng yaxshi gandbolchisi, deb topildi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Belarus - 2008 terma jamoasiga qarshi o‘yini u qadar muvaffaqiyatli kechmagan bo‘lsa-da bu, gandbolchilarimizning mahorati oshishiga xizmati qildi. Uchrashuvda terma jamoamiz a’zosi Ozodbek Safarov eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun muqaddam gandbolchi qizlarimiz Minsk shahrining “Zvezda” ayollar jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazib, o‘yinda 41:41 hisobi qayd etilgandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA