Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: Toshkent, Surxondaryo va Xorazm viloyati jamoalari peshqadamlikka erishdi
15:31 / 2026-03-01

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport majmuasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 1-davra o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

Sakkiz kunlik shiddatli bahslarning so‘nggi kunida ayollar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarda Xorazmning “Ranch” jamoasini 32:27 hisobida mag‘lub etgan Toshkent viloyatining “OKMK” jamoasi umumiy ochkolari sonini 14 taga yetkazgan holda chempionatning 1-davra o‘yinlarini 1-o‘rinda yakunladi. 

Musobaqani 12 ochko bilan 2-o‘rinda poyoniga yetkazgan poytaxt jamoasi oxirgi kungi bahsda Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlari markazi vakillarini 25:15 hisobida mag‘lub etdi. 3-o‘rindan joy olgan “Ranch” gandbolchi qizlari sakkiz kunlik o‘yinlarda 10 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. 

Chempionatning erkaklar jamoalari o‘rtasida tashkil etilgan so‘nggi kungi uchrashuvlarda Toshkent viloyatining “OKMK” jamoasi Xorazmning “Ma’mun” gandbolchi yigitlariga 22:33 ko‘rinishida, Toshkent  jamoasi esa Surxondaryoning “TerDU” jamoasiga 28:34 holatida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu natijalardan keyin Xorazmning “Ma’mun” jamoasi “A” guruhida, Surxondaryo jamoasi esa “B” guruhida 1-davrani yetakchilikda yakunladi. 

Mamlakat birinchiligining 2-davra o‘yinlari aprel oyida Navoiy viloyatida tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA