English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol sport turi mahallalarda ommalashtiriladi
10:09 / 2024-09-05

Gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqasini tashkil etish bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va uning hududiy boshqarmalari, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari, hududlar, tuman-shahar hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.  

Muhokamalar davomida musobaqani o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma qaror, uning Nizomi ishlab chiqilib, musobaqaning tashkiliy qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi.  

—Musobaqa respublika bo‘ylab gandbol bo‘yicha terma jamoani shakllantirishda seleksiya vazifasini bajarishi bilan ahamiyatli.  Ayni paytda o‘yinlarda ishtirok etish istagidagi mahalla jamoalarini onlayn ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda, — deydi O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoil Matxalikov.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA