Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yigitlar va qizlar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining 4-tur o‘yinlari yilning eng so‘nggi musobaqalaridan biri sifatida yodda qoldi.
Bahslar har jihatdan murosasiz kechdi. Jamoalar har bir o‘yinda natijaga erishish yo‘lida shijoat ko‘rsatgan bo‘lsa, yosh gandbolchilar murabbiy va mutaxassislar oldida o‘z iste’dodini ko‘rsatish, jamoasi g‘alabasini ta’minlash maqsadida harakat qildi.


O‘g‘il bolalar o‘rtasida yakunlangan O‘zbekiston chempionati 4-tur o‘yinlaridan keyin Surxondaryo viloyati jamoasi 45 ochko bilan 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin 40 ochko jamg‘argan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikka 33 ochko to‘plagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi yakun yasadi.
Qizlar jamoalari o‘rtasidagi bahslar sarhisobiga ko‘ra, Samarqand viloyati jamoasi 40 ochko bilan shohsupaning eng yuqorisidan joy egalladi. 2-pog‘onadan 37 ochkoli Xorazm viloyati jamoasi joy olgan vaziyatda qoraqalpog‘istonlik gandbolchi qizlar 28 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi.


T.Ro‘ziyev, O‘zA