English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda
18:14 / 2024-02-19

Joriy yilning 28 fevral – 3 mart kunlari respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida gandbol bo‘yicha o‘n sakkiz (U-18) va yigirma (U-20) yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoalari o‘rtasida “Women’s IHF Trophy – Intercontinental Phase” ayollar turnirining qit’alararo bosqichi bo‘lib o‘tishi belgilangan. Hozir terma jamoalar ushbu turnirda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish maqsadida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada Yevropa, Osiyo, Janubiy, Markaziy va Shimoliy Amerika, Karib havzasi hamda Okeaniya mamlakatlari o‘rtasida o‘z hududiy bosqichlarida g‘olib chiqqan terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Joriy yilning 11 fevral kunidan buyon U-18 va U-20 qizlar terma jamoalari mazkur nufuzli turnirga tayyorgarlik rejasi asosida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida uyushtirilayotgan yig‘inda gandbolchilarning jismoniy, texnik va taktik holati maromiga yetkazilmoqda. 

Qit’alararo turnirga tayyorgarlik o‘quv-yig‘inlari 24 fevralga qadar davom etadi. 

A.Qayumov (surat), O‘zA muxbiri