English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: Qit’a chempionatidagi ilk raqibimiz Hindiston jamoasi
12:22 / 2025-08-19

Ertaga, 20 avgust kuni poytaxtimiz Toshkentda gandbol bo‘yicha yigirma yoshgacha bo‘lgan (U-20) qizlar jamoalari o‘rtasida XVIII Osiyo chempionati (18th Asian Women’s Junior Handball Championship) bahslari boshlanadi.

Osiyo qit’asining 10 ta davlatidan milliy terma jamoalar qatnashadigan chempionatda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Xitoy Taypeyi, Hong Kong va Hindiston jamoalari bilan bahs olib borsa, “B” guruhida Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston jamoalari ro‘baro‘ keladi.

Hamyurtlarimiz ilk o‘yinni 20 avgust kuni Hindiston, 21 avgust kuni Hong Kong, 24 avgust Xitoy Taypeyi, 25 avgust kuni Xitoy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Terma jamoalar qit’a chempionligi uchun bahslashish bilan birga, 2026 yili o‘tadigan jahon chempionatiga beriladigan to‘rtta yo‘llanmani qo‘lga kiritish yo‘lida kurash olib boradi.

O‘yinlarni 8 ta davlatning 16 nafar hakami boshqarib boradi. Ular orasida o‘zbekistonlik Sevara Razaqbergenova va Zahro Allayorova ham hakamlik qilishi belgilangan.

Bugun, 18 avgust kuni chempionatda ishtirok etadigan jamoalar uchun mandat komissiyasining yig‘ilishi, hakamlar uchun seminar tashkil etiladi.

Musobaqalar 29 avgustga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA