Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: O‘zbekistonda “Sayohatchi trener” loyihasi joriy etiladi
14:07 / 2025-02-05

Norvegiyada o‘tkazilgan Xalqaro gandbol federatsiyasining navbatdagi kongressida O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoiljon Matxoliqov ishtirok etdi.

Kongressda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, gandbolda uchrayotgan muammolarni hal etish, qit’alarda ushbu sport turining yanada ommaviyligini ta’minlash, IHF kubogi, “Sayohatchi trener”, “Maktablarda gandbol o‘rgatish”, “Sobiq gandbolchi” kabi loyihalar va sport menejmentining mazmun va mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

“Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida qayd etilgan natijalar, sohil gandboli va nogironlar aravachasida gandbol bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.  

Qolaversa, 2026 yilning 31 oktyabridan 13 noyabriga qadar Senegal poytaxti Dakar shahrida o‘tkaziladigan IV yozgi yoshlar olimpiadasiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Xalqaro gandbol federatsiyasi rahbarlari bilan “Sayohatchi trener” loyihasi asosida IHF mablag‘lari hisobidan o‘zbekistonlik sport mutaxassislari uchun seminarlar tashkil etish, mamlakatimizda tajribali xorij mutaxassisining faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalarida kelishuvga erishildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA