Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: O‘zbekiston U-17 va U-19 jamoalari Markaziy Osiyoda tengsiz
10:48 / 2025-04-26

Bugun, 26 aprel kuni Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III Markaziy Osiyo bosqichi so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Kecha tashkil etilgan U-19 jamoalari o‘rtasidagi bahsda muddatidan avval keyingi bosqichga chiqish huquqini qo‘lga kiritgan gandbolchi qizlarimiz Tojikiston jamoasi bilan ro‘baro‘ kelib, qo‘shni mamlakat vakillarini 39:16 hisobida mag‘lub etdi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston U-17 va  U-19 terma jamoalari Faysalobodda kechgan bahslarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Gandbolchi qizlarimiz Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, Markaziy Osiyo hududida tengsiz ekanini yana bir karra namoyish etdi.

Bugun O‘zbekiston U-17 jamoasi birinchilik g‘olibi sifatida oxirgi uchrashuvini Pokiston jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Aytish lozim, musobaqaning ikkala yosh toifasida ham O‘zbekiston terma jamoalari muddatidan oldin chempionlikka erishdi va Osiyo bosqichi yo‘llanmasiga ega chiqdi.

O‘zbekiston U-19 va Tojikiston U-19 terma jamoalari uchrashuvida gandbolchimiz Ziyoda Risqulova musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi, deya e’tirof etildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA