Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: O‘zbekiston kubogi Qoraqalpog‘iston va Buxoro jamoalariga nasib etdi
11:55 / 2026-01-24

Gandbol bo‘yicha o‘smirlar hamda o‘smir qizlar (U-14) o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqalari yosh iqtidor egalarini aniqlash, iste’dodli yoshlarni saralab olish vazifasini o‘taganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan bellashuvlar keskin va murosasizligi bilan mutaxassislaru muxlislar e’tiborini tortdi.

Shiddanli o‘tgan o‘yinlar yakunida o‘smir qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi 1-o‘rinni, Buxoro va Andijon viloyati jamoalari keyingi pog‘onalarni band etdi.

Mamlakat kubogining kichik o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida g‘oliblik Buxoro viloyati gandbolchilariga nasib etdi. Keyingi o‘rinlarni esa Andijon hamda Farg‘ona viloyati jamoalari egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA