French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni nomini aniqlashga bir tur qoldi
15:18 / 2025-09-27

FOTOREPORTAJ

Samarqand shahrida gandbol bo‘yicha U-20 yoshli o‘g‘il-qizlar toifasidagi jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 3-tur bahslari o‘tkazildi.

Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jamoalar o‘zaro bahs olib bordi.

Uchinchi davraning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslar yakuniy natijasiga ko‘ra, Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi gandbolchilari boshqalardan ustun ekanligini namoyish etdi. 

[gallery-25497]

U-20 qizlar bahsida davrani samarqandlik gandbolchilar muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Davrada birgina namanganlik tengqurlariga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, qolgan bahslarda g‘alaba qozonib, uchinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. 

So‘nggi tur o‘yinlari joriy yilning dekabr oyida Termiz shahrida o‘tkaziladi. 

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA