Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi
10:35 / 2025-08-22

Poytaxtimizdagi “Alpomish” sport saroyida gandbol bo‘yicha 19 yoshli qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Chempionatning navbatdagi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Musobaqaning ikkinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Hong Kong ustidan 45:15 hisobida zafar quchdi. Shunindek, ushbu turda Eron – Yaponiya termasiga 18:30 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Xitoy 27:14 hisobida Xitoy Taypeyini taslim etdi.  Qozog‘iston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 17:40 hisobida yakunlandi.

Bugun, 22 avgust kuni Hindiston – Xitoy, Yaponiya – Qirg‘iziston, Xitoy Taypeyi – Hong Kong, Qozog‘iston – Eron terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Gandbolchi qizlarimiz esa bugun va ertaga dam oladi. 24 avgust kuni soat 18:00 Xitoy Taypeyiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

Alimurod Mamadaminov (curat)  

O‘zA