Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol bo‘yicha mamlakat kubogi bahslari qizg‘in pallada
15:46 / 2026-01-20

Buxoro viloyatidagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi qizg‘in va murosasiz davom etmoqda.

Qizlar o‘rtasidagi uchrashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi 18:13 hisobida Xorazm jamoasini mag‘lub etdi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati jamoasi musobaqa mezboni hisoblangan Buxoro jamoasiga 7:13 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ilk tur bahslarida Samarqand — Sirdaryo 17:12, Navoiy — Buxoro-2 12:3, Namangan — Qoraqalpog‘iston-2 10:5 hamda Andijon — Jizzax 12:6 hisobi qayd etildi.

O‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi bahslarda esa 16 ta o‘smirlar jamoasi ishtirok etmoqda. Ilk turda Jizzax jamoasi 8:21 hisobida Xorazmga mag‘lub bo‘ldi. Navoiy va Samarqand jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 17:17 hisobida durang bilan yakunlandi. Andijon jamoasi 7:17 hisobida Qashqadaryoga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati jamoasi Qoraqalpog‘iston-2 jamoasi ustidan 16:7 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Shuningdek, mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston — Namangan-2 o‘yini 2:5, Farg‘ona — Jizzax-2 17:11, Namangan — Sirdaryo 10:8, Buxoro — Andijon-2 20:16 hisobi qayd etildi.

Javohir Toshxo‘jayev,O‘zA