Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ganada G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy uyushmasiga a’zo mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari sammiti boshlandi
10:35 / 2021-05-31

Gana poytaxti Akkra shahrida G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy uyushmasiga a’zo mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari sammiti boshlandi, deyiladi “REGNUM” ning “Grafik” portali ma’lumotiga asoslangan xabarida.

Sammit kun tartibidan Malidagi voqealar rivojini muhokama qilish o‘rin olgan, deyiladi ma’lumotda. Muhokamalardan keyin ishtirokchilar Mali bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Xavfsizlik kengashining Malidagi voqealar muhokamasiga doir favqulodda yig‘ilishi bo‘lgandi.