French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«G‘amxo‘rlik uchun mas’ullardan minnatdormiz» (+video)
14:30 / 2023-01-23

Azaldan bir mayizni qirq bo‘lib yegan xalqmizning mehr-oqibati, millatning ahil va jipsligi ayni anomal sovuq kunlarda yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.

Kuni kecha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi tashabbusi bilan viloyat Madaniyat, Sportni rivojlantirish, Turizm va madaniy meros boshqarmalari hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Obodonlashtirish xizmatchilariga, Yo‘l patrul xizmati xodimlariga, talabalar turar joylaridagi talabalarga va ehtiyojmand oila vakillariga ehson oshi tarqatildi.  

Obodonlashtirish xodimlari bunday e’tibordan juda ham mamnun ekanliklarini yashirmadi. Buni ularning yuz-ko‘zlaridan anglash qiyin emas. Ular ayni sovuq kunlarda g‘amxo‘rlik uchun mas’ullardan minnatdor ekanliklarini ham ta’kidlashdilar.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/SMvCxDIdRF4" title="«G‘amxo‘rlik uchun mas’ullardan minnatdormiz»" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

O‘zA