Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘amxo‘rlik kuch va umid beradi
14:11 / 2025-12-06

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Imom Buxoriy mahallasida istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan Firuza Izdilliyevaga ham qish mavsumida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan moddiy yordam berildi.

Bir nafar voyaga yetmagan farzandni tarbiyalayotgan Firuza opa so‘nggi yillarda bir nechta ijtimoiy yordam turlari bilan qamrab olingan. 2024 yilda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan elektron yuritmadi aravacha bilan ta’minlandi. Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi tayinlandi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali dori-darmon xarajatlari qoplandi. Sog‘lig‘ini tiklash maqsadida sanatoriyga navbatga qo‘yildi.

Firuza opa “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilib, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasidagi uyda qarab turish xizmati bilan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

– Menga ko‘rsatilgan e’tibor va yordamlar oilam uchun katta tayanch bo‘ldi. Har bir xizmat, har bir ko‘mak hayotimizni yengillashtirdi, farzandimga qarashni osonlashtirdi. Eng muhimi men o‘zimni yolg‘iz emasligimni his qildim. Bunday g‘amxo‘rlik bizga yangi kuch va umid beradi, – deydi Firuza opa.

Ta’kidlash joiz, Qorovulbozor tumanida jami 407 nafar ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam tayinlangan.

Zarif Komilov, O‘zA