Gambiya armiyasining bir guruh harbiylari hukumatni ag‘darishni rejalashtirgan, harbiylarning to‘rt nafari qo‘lga olindi, deb xabar tarqatdi Gambiya hukumati.
Hukumatning qo‘shimcha qilishicha, armiya to‘ntarish ishtirokchilariga aloqador yana uch nafar harbiyni qidirmoqda.
"Gambiya hukumati razvedka ma’lumotlariga asoslanib, mamlakat armiyasining bir guruh harbiylari demokratik yo‘l bilan saylangan prezident Adama Berrou hukumatini ag‘darishni reja qilgani, Gambiya qurolli kuchlari oliy qo‘mondonligi tezkor harbiy amaliyot o‘tkazib ushbu jinoyatga aloqador to‘rt harbiyni hibsga olganini ma’lum qiladi", – deyiladi hukumat tarqatgan bayonotda. Mazkur bayonot chorshanba kuni Gambiya axborot xizmatlari vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilgani aytilmoqda.
Shuningdek, hukumat vaziyat nazorat ostida turgani, vahimaga o‘rin yo‘qligini ta’kidlab, mamlakat aholisi hamda diplomatik va konsullik korpus a’zolarini xotirjamlikka chaqirgan.