English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘allaoroldagi poliklinikada bolalar bo‘limi faoliyat boshladi
21:03 / 2022-06-16

Jizzax viloyati G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika qoshida bolalar bo‘limi ochildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va uning tuman bo‘limi mutasaddilari, sohada ko‘p yillar mehnat qilgan shifokorlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Joriy yil 18 mart kuni Prezidentimiz tomonidan tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida soha rahbarlari oldiga bir qator vazifalar yuklangan edi. Bu vazifalar doirasida shahar va tumanlardagi markaziy poliklinikalar qoshida bolalar bo‘limlarini tashkil etish to‘g‘risidagi topshiriq ham aytilgan edi.

– 2019 yildan buyon bo‘sh turgan bino qayta rekonstruksiya qilinib, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika qoshidagi bolalar bo‘limiga aylantirildi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Narziqul Shobo‘tayev. 

– Rekonstruksiya, ta’mirlash, qurilish ishlariga 435 million so‘m mablag‘ sarflandi. Tuman hokimligi tomonidan mahalliy byudjet hisobidan 50 million so‘mlik tibbiy jihozlar olib berildi.

Ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikada faoliyat olib borayotgan 9 nafar vrach, 9 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, ya’ni hamshira va 1 nafar kichik tibbiyot xodimi ushbu bolalar bo‘limi – 10 o‘rinli kunduzgi statsionarda tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

A.Qayumov. J.Yorbekov (surat), O‘zA