English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘allachilikda bozor mexanizmlarining yangi bosqichi joriy qilinadi
15:41 / 2022-05-13

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti bo‘lgan g‘alla rizq-ro‘zimizdir. Doni mo‘l eldan qut-baraka va fayz arimaydi.

Yaqinda davlatimiz rahbari huzurida g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda fermerlar anchadan buyon kutayotgan islohotning yangi bosqichi e’lon qilindi. Avvallari davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bug‘doy narxi o‘tgan yilda 1 million 550 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, joriy yil 1 iyundan boshlab fermerlarimiz yetishtirgan g‘alla hosili uchun ikki baravar ko‘proq, ya’ni 3 million so‘m haq olishi belgilandi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli uning ulushi tobora ortib borayotgani quvonarli holat. Xususan, so‘nggi uch yilda hududlarda quvvati qariyb 3 million tonna bo‘lgan 160 dan ortiq yirik xususiy don korxonalari ish boshladi. Bu islohotlar tag-zamirida avvalo xalq farovon hayot kechirishi ko‘zda tutiladi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlar yangi bosqichga olib chiqilib, ichki bozorda narxlar barqarorligi ta’minlanmoqda. G‘allaning kerakli bo‘lgan hajmidan tashqari davlat xaridlaridan to‘liq voz kechish hisobiga investitsiyaviy jozibadorlik oshirilib, donni birja savdolarida cheklovlarsiz sotishga imkon yaratilmoqda.

Shuningdek, joriy yil jami g‘alla hosili uchun 7,6 trillion so‘m ajratiladi. Yangi tizimni to‘laqonli, adolatli va ochiq-oshkora ishlab ketishi, har bir so‘m fermer va klasterga o‘z vaqtida, to‘liq yetib borishi, narx-navoning o‘sishi va taqchillikning oldini olish bo‘yicha «kunbay» nazorat tizimi joriy qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, g‘alla maydonlarini kengaytirish va hosildorlikni oshirish, chekka va olis qishloqlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha berilgan shu kabi qator topshiriqlarning sohaga tatbiq etilishi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mavluda Adhamjonova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati