Barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham muvaffaqiyatlar kaliti – bu ilmdir. Ba’zan hosil cho‘g‘i past bo‘lgan fermerlardan eshitib qolamiz: “bu yil iqlim tufayli hosilimiz yaxshi bo‘lmadi”, “o‘z vaqtida suv berilmadi”, “o‘g‘itni vaqtida berolmadik” va shunga o‘xshash gaplar.
Lekin, dehqonchilik sirlarini yaxshi o‘zlashtirgan, o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri olib borgan, ilm bilan amaliyotni bir-biri bilan chambarchas bog‘lay olgan fermer har qanday sharoitda ham yuqori hosil ola biladi. Xo‘sh, buni siri nimada?
Ushbu savolga javob topish maqsadida g‘allachilikda “suyagi qotgan” mutaxassis, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Andijon viloyat filiali rahbari Sirojiddin Teshaboyevning ko‘p yillik tajribalari bilan o‘rtoqlashishni maqsad qildik.
- Sirojiddin aka, g‘allachilikda bugungi kundagi muammolar nimalardan iborat va siz qanday tavsiya bergan bo‘lardingiz?
- Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi juda serqirra yo‘nalish. Ular oldidagi muammolar juda ko‘p desam mubolag‘a qilmayman. Chunki, ilmiy tomondan qaraydigan bo‘lsak, bugungi kundagi fermerlarimizning asosiy muammolari – bu nav tanlash masalasi. Uni biologiyasini o‘rganishda juda ko‘p fermerlarimiz e’tiborsiz. Ilmga suyanish masalasi, ilmni eshigini ochish masalalarini juda ko‘p fermerlarimiz hali tushunib yetgani yo‘q. Bugungi kunda olimlarimiz, mutaxassislarimiz fermer, klasterlarga juda ko‘p ilmiy maslahatlarini berib kelyaptilar. Birgina misol. Nav tanlashda har bir hududga mos ekiladigan navlar mavjud. Ularning biologiyasidan, tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holatda tavsiya berishlari kerak. Bu birinchi masala. Chunki, biz tanlagan navimiz qariyb 30-50 foiz fermer hosilining taqdirini hal qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vg77xUPOxKg" title="G‘allachilik sohasining ustuni - ilmdir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Asliddin Alijonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA