French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘allachilik klasteri yangi un ishlab chiqarish korxonasini ochdi
17:16 / 2023-07-05

Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Temiryo‘lchi” kichik sanoat zonasida “Mastona bo‘stoni” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan un ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida g‘allachilik klasterlari tashkil etildi.

“Furqat don klasteri” tizimida bo‘lgan yangi korxonaning loyiha qiymati 4,4 million dollar bo‘lib, u tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan 2 bosqichda amalga oshirildi. Dastlab 54 yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, ayni kunda doimiy ish o‘rinlari soni 105 ga yetdi. Korxona Turkiyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 45 ming tonnani tashkil etadi. Hozirda mahsulotlar asosan ichki bozorga chiqarilmoqda va ishlab chiqarish yanada kengaytirilib, qariyb 3 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan. Korxona qoshida urug‘chilik yo‘nalishida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish uchun urug‘chilik mini zavodi ham joy olgan.  

[gallery-12608]

Korxonaning ochilish marosimida yurtimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti tufayli farg‘onalik tadbirkorlar ham faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgani alohida qayd etildi. Navbatdagi bosqichda korxonaga yondosh 1 gektar hududda Germaniya texnologiyalaridan foydalangan holda asosan konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kleykovina ishlab chiqarish, shuningdek, spirt ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirishga kirishilayotgan, umumiy qiymati 62 milliard so‘m bo‘lgan loyiha taqdimoti ham o‘tkazildi.  

M.Sulaymonov,

M.Qodirov (surat), O‘zA