Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alla parvarishi, suv tejovchi texnologiyalar hamda to‘lov intizomi – Bosh prokuratura nazoratida
14:33 / 2022-03-11

Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbarligida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Paxtakor, Zafarobod, Do‘stlik, Mirzacho‘l va Arnasoy tumanlarida agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini o‘rganish jarayonlariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Raximov tomonidan Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida g‘alla parvarishi, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida to‘lov intizomiga rioya etilishi va sohaga doir boshqa masalalar o‘rganilmoqda.

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilishda, sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatilib, yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

O‘rganishda ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida, “Ye-auksion” ochiq savdosida g‘olib bo‘lgan 2 ming 904 nafar fuqaroga 1 ming 472 gektar yer maydon viloyat hokimining qarori bilan ajratilishi hamda 1 ming 522 nafarining 800 gektar maydoni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlandi.

Shuningdek, paxta va g‘alla yetishtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Jizzax viloyatiga 55 milliard so‘m mablag‘lar ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilib, ushbu mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, idoralararo yig‘ilishda Prezidentimizning joriy yil 1 martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 5 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish uchun kredit sharnomalari rasmiylashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

A.Qayumov, O‘zA