Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alla o‘rimi davom etmoqda
11:44 / 2023-06-09

Sirdaryo viloyatining barcha tumanlarida g‘alla o‘rimi avjida. Joriy yilda 73 ming gektar yer maydonida boshoqli don yetishtirib, undan 540 ming tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirib olishni maqsad qilgan sirdaryoliklar o‘rim ishlarini uyushqoqlik bilan olib bormoqda. 280 dan ziyod don o‘rish kombaynlari va 843 tashish texnikalari mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun jalb etilgan.

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev hududlarda davom etayotgan o‘rim-yig‘im ishlari bilan tanishar ekan, mas’ullarga muhim vazifalarni belgilab berdi. Joriy yil hosili uchun yetishtirilgan g‘allani nobud qilmasdan o‘z vaqtida yig‘ib don qabul qilish shoxobchalariga yetkazib berish ishlari tahlil qilindi. Ish unumdorligini yanada oshirish maqsadida mexanizator va o‘rimga jalb qilingan ishchilarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.  

Viloyat hokimi dalalarda ishchilarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishda ilg‘or otryadlar a’zolari, yuqori hosildorlikka erishgan g‘allakorlarni munosib rag‘batlantirmoqda. Masalan, mirzaobodlik oilaviy pudratchi Xayrullo To‘rayev viloyatda birinchilardan bo‘lib g‘alla topshirish rejasini bajarib, munosib rag‘batlantirildi. X.To‘rayev 25 gektar maydonga baraka urug‘ini qadab, mehr bilan parvarishladi. Ekin maydonining 10 gektaridan olingan 68 tonna (hosildorlik 68 sentner) g‘alla hisobiga “Bek cluster” MCHJ qo‘shma korxonasi bilan tuzilgan shartnoma rejasi ortig‘i bilan bajarildi.  

Viloyatda g‘alla o‘rimi yuqori suratlarda davom etmoqda.  

 

Sh.Suyarov,  

Sh. Ortiqboyev,(suratlar) O‘zA.