English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alla o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlik qizg‘in
03:21 / 2022-06-01

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Muqobil traktor parki”   korxonasida g‘alla o‘rim-yig‘imi oldidan ko‘rgazmali  seminar bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lumki, joriy yilning 1 iyunidan boshlab g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tiladi. Jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori sur’at bilan o‘sib borayotgan shu kezlarda narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu – fermerlar manfaatdorligini ta’minlash, hosildorlikni oshirish orqali bozorda taklifni ko‘paytirish hisoblanadi.

[gallery-7374]

To‘raqo‘rg‘on tumanida 86 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 4 ming 880 gektar maydonda 38552 tonna don ishlab chiqarish rejalashtirilgan. O‘rimga 20 ta otryad shakllantirilib, zarur mutaxassis va texnikalar biriktirilgan.

Seminarda fermerlarga yetishtirilgan don hosilining 78 foizini davlat omboriga topshirish, qolgan 22 foizini birja orqali erkin sotish imtiyozi berilgani, bu boradagi tartiblar batafsil tushuntirildi va kombaynchilarga yaratilgan sharoitlar namuna sifatida ko‘rsatildi.

Talbirda Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov, Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkat Rahimov, viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari ishtirok etdi.


 

Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA