Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alla o‘rim-yig‘imiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda
15:36 / 2024-04-02

Jarqo‘rg‘on tumanidagi mashina-traktor parkida joriy yilgi g‘alla o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati g‘allakorlari 90 ming gektar maydonda boshoqli don maysalarini parvarishlab, mo‘l hosil to‘plamoqda. Pishib, yetilayotgan donni tez kunlarda sifatli yig‘ishtirib olish uchun viloyatda 142 ta o‘rim otryadi tashkil etilib, 242 ta yuqori unumli kombayn biriktirilgan.  

Ko‘rgazmali seminarda barcha tuman hokimlari onlayn ishtirok etib, viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimovga g‘alla maysalarini parvarishlash yuzasidan amalga oshirilayotgan yumushlar, otryadlarda o‘rim-yig‘imga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, mavjud kombayn va tashish texnikalarini mavsumga hozirlash ishlari haqida atroflicha axborot berdi.  

Viloyat hokimi soha mutaxassislari, kombaynchilar bilan suhbatlashib, texnika vositalarining mavsumga hozirligini ko‘zdan kechirdi. Ehtiyot qismlar va yoqilg‘i-moylov materiallari zaxirasi bilan qiziqdi.  

Seminar doirasida viloyatdagi otryadlarga biriktirilgan kombaynchilarga avans puli va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.  

Bu yil surxondaryolik g‘allakorlar mavjud maydonlardan 650 ming tonnadan ortiq sara don yig‘ib olishni mo‘ljallamoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri