G‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in pallada
FOTOREPORTAJ
Shu kunlarda yurtimizda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in pallaga kirgan. Zahmatli mehnat evaziga yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olish uchun g‘allakorlar bor kuch va imkoniyatini ishga solgan.
[gallery-12345]
O‘tgan yilning kuz faslida Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ming 577 gektar maydonga g‘allaning istiqbolli navlari ekilgan edi. Dehqonlar tomonidan barcha agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirildi. Natijada paykallarda ko‘zlanganidan ham ziyod hosil yetishtirildi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA