Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alla – 2021: Xorazmda g‘alla o‘rimiga kirishildi
14:31 / 2021-06-11

Bu yil Xorazm viloyatida 33 ming 200 gektar maydonda g‘alla yetishtirildi. Hosilni tez va sifatli yig‘ishtirib olish uchun 316 ta don kombayni, g‘alla tashuvchi transport vositalari, 4 ta don korxonalariga qarashli 9 ta qabul maskanlari mavsumga taxt qilib qo‘yilgan.

Shovot tumanidagi «Usta Matsafo» fermer xo‘jaligi dalalarida viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlanishi oldidan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sektor rahbarlari, fermerlar, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Farhod Ermanov qishloq xo‘jaligi sohasida shu kunning dolzarb vazifalari xususida to‘xtaldi.

Viloyatda g‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olish ishlari har yilgidek otryad usulida tashkil qilinadi. Mavsum davomida har bir kombaynga o‘rtacha 105 gektar g‘alla maydoni to‘g‘ri kelib, o‘rim-yig‘imni qisqa muddatda yakunlash uchun to‘liq imkoniyat mavjud.

Seminarda o‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan tizimli tashkil etish, mavsumda dala mehnatkashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, g‘alladan bo‘shagan maydonni shudgorlash va takroriy ekinlarni ekish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi. Shu bilan bir qatorda g‘o‘zani sug‘orishni tashkil etish bo‘yicha soha mutaxassislari, fermerlar oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA