Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alla-2021: olotlik g‘allakorlar rejani bajardi
17:03 / 2021-06-21

Buxoro viloyati Olot tumani g‘allakorlari davlatga 11 ming 317 tonna don topshirib, shartnomaviy rejani 102 foizdan oshirib bajardi

Tumanning bobodehqonlari joriy yil uchun 5 ming 6 gektar maydonda boshoqli don ekib, boshoqli don ekinlarini parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib bordi. Xususan, omilkor dehqon va fermerlarning ko‘rsatgan jonbozligi tufayli turli kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda o‘tkazildi. O‘rim-yig‘im ishlarining ham puxta tashkillashtirilgani tufayli “Qorako‘ldon” AJ bilan tuzilgan shartnomadagi 10 ming 450 tonna tovar hamda 867 tonna urug‘lik don oshirib bajarildi. Gektarlar hosildorligi o‘rtacha 55 sentnerga yetdi.

"Oltin tuproq", "Fayoz Xushnud fayz", "Karim Rahim", "Bozor Jabbiyev", "Usmon Rayim" kabi ilg‘or fermer xo‘jaliklarida bu ko‘rsatkich 80 sentnerdan oshdi.  

bugungi kunda 182 ta fermer xo‘jaligi tomonidan g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari amalga oshirildi. Shundan 131 ta fermer xo‘jaligi tomonidan davlatga don topshirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasi to‘liq bajarildi. Natijada ham davlat omboriga hissa qo‘shildi, ham xo‘jalik jamoasining moddiy manfaatdorligi ko‘paydi.

Hozirda barcha fermer xo‘jaliklarida g‘alladan bo‘shagan maydonlar somondan tozalanib, shudgor qilinmoqda. Ishsiz va ehtiyojmand oilalarga takroriy ekin ekish uchun tayyorlanyapti. Tumanda g‘alladan bo‘shagan maydonlar 1 ming 906 nafar fuqaroga dukkakli va poliz ekinlari ekish uchun ajratib beriladi. Ularga fermerlar tomonidan yerni ekishga tayyorlash, nihollarga dastlabki ishlov berish jarayonlarida to‘liq yordam ko‘rsatiladi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA