Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alla-2021: Bo‘ka tumani g‘allakorlari 14 ish kunida rejani bajardi
19:51 / 2021-06-24

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani g‘allakorlari 14 ish kunida 32 ming 857 tonnadan ortiq tovar don tayyorlab, Toshkent viloyati bo‘yicha ilg‘orlar qatorida belgilangan rejani bajardi.

Mehnatkash bo‘kalik fermerlar ushbu yilda aksariyat dalalardan gektar hisobiga 70-75 sentner atrofida hosildorlikka erishdi. Qolaversa, tumanda faoliyat yuritayotgan klasterlar ham xirmonga o‘z hissasini qo‘shdi.

Xalq rizqini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olishga tumanning 22 ta hududida 25 ta otryad jalb qilindi. Hozirda tumanda urug‘lik don hosilini o‘rib-yig‘ib olish ishlari davom etmoqda.

Tuman hokimligi nomidan mavsumda mehnat qilgan barcha fermerlar, suvchi mirishkorlar, mexanizatorlar, o‘rim kombayni operatorlari, IIB, YHXB, FVV yong‘in xavfsizligi, Milliy gvardiya va barcha qishloq xo‘jaligi xodimlari alohida rag‘batlantirildi.

 

A.Musayev, O‘zA