Har bir muvaffaqiyatli shaxsning ortida fidokor ustozlarning mehnatlari mujassam. Milliy gvardiya tizimidagi Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabida bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan murabbiylar ham ana shunday fidoyilardan. So‘zimiz shu haqda.
Ustozlarning fidokorona sa’y-harakatlari bilan bugungi kunda ko‘plab yosh sportchilar ot sportining turli yo‘nalishlarida respublika va xalqaro maydondagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.

Ularning har bir ko‘rsatmasi orqasida yillar davomida to‘plangan tajriba va chuqur mehr bor. Yillar davomida ular nafaqat tulporlar bilan, balki inson qalbi bilan ishlashni, yosh chavandozlarning ichki dunyosini anglashni o‘rganishdi.
Bugun bu murabbiylar ot sporti sohasida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan ustozlar sanaladi. Ularning izidan ergashayotgan yosh chavandozlar kelajakda yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taradigan chinakam chempionlar bo‘lishlariga ishonamiz.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/czaD-Hf_UgY?si=OOmRnCutmGE2MmiZ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Xilola Abrayqulova, To‘lqin Ro‘ziyev, Anvarxo‘ja Ahmedov(video) O‘zA