Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G‘alaba bog‘i”ga sayohat Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida katta taassurot qoldirdi
11:37 / 2020-11-25

Markaziy harbiy klinik gospitali faollari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan 30-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “G‘alaba bog‘i”ga ekskursiya tashkillashtirildi.

Tadbirda 20 nafardan ziyod o‘quvchi qamrab olindi.

O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixini, ona xalqimizning qahramonligini yaxlit aks ettirgan majmua bilan yaqindan tanishish jarayonida ekskursiya ishtirokchilari o‘zlarini o‘tmishga tushib qolgandek his etishgan bo‘lsa ajabmas.

Ayniqsa, mazkur hududda joylashgan «Shon-sharaf» muzeyi faoliyati o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan o‘zbekistonliklar haqidagi ma’lumotlar, o‘sha davrlar ruhini to‘liq his etishga imkon beruvchi eksponatlarni diqqat bilan tomosha qilishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, “G‘alaba bog‘i”ning umumiy maydoni 14,6 gektar. Majmua ramziy 12 ta hududga bo‘lingan bo‘lib, kirish qismi, urushning dahshatli qiyofasi, markaziy xiyobon, harbiy texnikalar maydonchalari, temir yo‘l vokzali, front orti hududi, amfiteatr va ma’muriy bino, motam va anduh hududi, shodu-xurramlik hududi, g‘alaba hududi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va shukronalik hududidan tashkil topgan.

Darhaqiqat, majmua xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va matonatini, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etish bilan birga, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

 

Muhammadjon Xo‘jayev,

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy

kommunikatsiyalar departamenti