Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G‘alaba bizniki” — Seul xavotirda
16:49 / 2026-02-24

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Seuldagi Rossiya elchixonasi binosi peshtoqiga osilgan “G‘alaba biz tomonda bo‘ladi” mazmunidagi shior yuzasidan rasmiy e’tiroz bildirdi. Rasmiylar bunday amal aholi, xalqaro jamoatchilik orasida ortiqcha taranglik uyg‘otishi mumkinligini ta’kidlagan. “Yonhap” yozishicha, mazkur yozuvni ko‘pchilik Rossiya — Ukraina nizosiga ishora sifatida qabul qilmoqda. Manbalarga ko‘ra, masalaga yondashuv RF diplomatik vakolatxonasiga yetkazilgan.

Elchixona hozircha bannerni olib tashlagani yo‘q. Holat Seulda diplomatik odob-axloq tamoyiliga zid qadam sifatida baholanmoqda.

Vena konvensiyasiga muvofiq, diplomatik vakolatxonalar mezbon davlat aralashuvidan himoya qilinadi. Shu bois rasmiylar muammoni muloqot yo‘li bilan hal qilishga urinmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA