Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaitida zo‘ravonlikka qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lmoqda
10:31 / 2021-10-19

Gaitida zo‘ravonliklar ko‘payib bormoqda.

Poytaxt Port-o-Prensda jinoiy to‘dalar kambag‘al mahallalarga hujum qilishga urinmoqda, aholi ommaviy namoyishlarga chiqqan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Kecha Port-o-Prensda jamoat transporti harakatlanmagan, xodimlar ish tashlashga majbur bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, bozorlar va kichik korxonalar faoliyati ham to‘xtagan.

Politsiya shaharda yuzaga kelgan tartibsizlarni bartaraf etish uchun o‘q uzishga majbur bo‘lgan va namoyishchilarning bir qismini hibsga olgan. To‘qnashuv payti jarohatlangan va halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Zo‘ravonliklar kuchayishi sababli 19 ming fuqaro uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Iyul oyida prezident Jovenel Moizning o‘ldirilishi vaziyat yanada yomonlashishiga olib kelgan.

Gaiti inson huquqlari tashkilotlari bergan ma’lumotga qaraganda, sentyabrda 117 ta odam o‘g‘irlash holati qayd etilgan, oxirgi bir hafta ichida esa 30 kishi bedarak yo‘qolgan.